Tatil mazmunli otadi
Barkamol avlod yili Davlat dasturi doirasida otkazilgan tadbirga poytaxtimizdagi umumiy orta talim maktablari, bolalar musiqa va sanat, sport maktablari, badiiy ijodiyot markazlarining oquvchilari, ularning ota-onalari, pedagoglar, mahallalar faollari taklif etildi.
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli Ozbekiston Milliy bogida Toshkent shahar hokimligi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, shahar xalq talimi bosh boshqarmasi tomonidan Kuch bilim va tafakkurda mavzusida festival tashkil etildi.
Barkamol avlod yili Davlat dasturi doirasida otkazilgan tadbirga poytaxtimizdagi umumiy orta talim maktablari, bolalar musiqa va sanat, sport maktablari, badiiy ijodiyot markazlarining oquvchilari, ularning ota-onalari, pedagoglar, mahallalar faollari taklif etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod istiqboli yolida korsatilayotgan etibor yurtimiz ogil-qizlarini soglom va barkamol, dunyoda hech kimdan kam bolmagan insonlar etib tarbiyalash, puxta va mukammal bilim berishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Yoshlarning huquq va manfaatlarini taminlash, ularni har tomonlama qollab-quvvatlash, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yaqindan komaklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ozining yuksak samaralarini bermoqda.
Bunday masuliyatli jarayonda oquvchi-yoshlarning talimdan bosh vaqtini togri, unumli va samarali tashkil etish, ularni oz orzu-intilishlari, qiziqishi va layoqati boyicha kasb-hunarga muttasil yonaltirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar badiiy ijodiyoti va sportini ravnaq toptirish, maktab oquvchilarini yaqinlashib kelayotgan yozgi tatil davrida turli fan, badiiy ijodiyot, sport-soglomlashtirish togaraklariga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan ushbu festivalda ishtirokchilar poytaxtimizdagi maktabdan tashqari talim muassasalari bilan atroflicha tanishtirildi.
Bugungi kunda shahrimizda yuzga yaqin oquvchilar ijodiyot, texnik markazlari, musiqa va sanat maktablari, sport majmualari, bolalar sport maktablari faoliyat korsatmoqda. Yozgi tatil davrida shahrimizdagi umumtalim dargohlaridagi 143 ming nafar 5-8-sinf oquvchilarining aksariyatini maktablar qoshida tashkil etiladigan oromgohlar, togaraklar, sport seksiyalari, ijodiyot markazlariga jalb etish kozda tutilgan.
Bizning majmuamizda Sobir Rahimov tumanidagi Qorasaroy, Guruchariq, Sagbon, Hazrati Imom nomidagi mahallalar hamda Qoraqamish mavzesida yashovchi bolalar sport bilan shugullanadi, deydi Istiqlol sport majmuasi rahbari Ravshan Yunusov. Yozgi tatil davrida sportning futbol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, shashka kabi turlari boyicha seksiyalardagi mashgulotlarni yanada kopaytirishni rejalashtiryapmiz.
Madina Mirzaahmedova poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 80-umumiy orta talim maktabida oqiydi. Uning aytishicha, mazkur tadbir natijasida ozi istiqomat qilayotgan tumandagi bolalar sport maktabidagi suzish seksiyasiga, shahar oquvchilar ijodiyot markazining kompyuter savodxonligi, chevarlik togaraklariga azo bolgan. Bu uning yozgi tatili sermazmun va maroqli otishiga xizmat qiladi.
Ikki kun davom etgan tadbirda ishtirok etgan oquvchilar, ota-onalar, pedagoglar shahrimizdagi maktabdan tashqari talim maskanlarining faoliyati, ulardagi turli togaraklar, qoshimcha tashkil etiluvchi oquv, sport-soglomlashtirish, badiiy ijodiyot boyicha mashgulotlar haqida atroflicha malumot oldilar.
manba: uza.uz
:
(Puhdys) - , , , 70- . -, - : 26 , 20 , , -, , .
US State Department Human Rights Report 2008: Armenia - part 5 (the last)